
O‘zbekiston hududida 9-fevral kuni biroz bulutli ob-havo kuzatiladi. Kunning birinchi yarmida ayrim joylarda yomg‘ir va qor yog‘ishi mumkin. Biroq Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Samarqand, Qashqadaryo viloyatlari hamda Farg‘ona vodiysida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bu haqda O‘zgidromet ma’lum qildi.
Shamol g‘arbiy yo‘nalishda 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 5-10 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent shahrida ham biroz bulutli ob-havo hukm suradi. Kunning birinchi yarmida yomg‘ir va qor yog‘ishi, shuningdek, tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 8-10 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.
Tog‘li hududlarda havo biroz bulutli bo‘lib, ayrim joylarda qor yog‘ishi va tuman tushishi mumkin. Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 3 daraja sovuqdan 2 daraja iliqqacha bo‘lishi prognoz qilinmoqda.