O‘zbekiston 2024-yilda $50,6 mln.ga teng 33 ming tonnadan ortiq choy import qildi
eʼlon qilindi
Import qilingan choyning katta qismi Xitoydan keltirilgan

O‘zbekiston 2024-yilning yanvar – dekabr oylarida xorijdan umumiy qiymati 50,6 mln.ga teng bo‘lgan 33,4 ming tonna choy import qildi. Import qilingan choyning katta qismi Xitoydan keltirilib, uning hajmi 26,8 ming tonnani tashkil etdi. Bu haqda Statistika agentligi ma’lum qildi.
Keniyadan 1,6 ming tonna, Erondan 1,2 ming tonna, Hindistondan 965 tonna va Rossiyadan 578 tonna choy keltirilgan. Shuningdek, boshqa davlatlardan ham 2,1 ming tonna choy import qilingan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan mamlakat Afgʻonistondan koʻmir import qilishni boshlashi haqida xabar bergan edi.