Sport

«Roma» Shomurodov yordamisiz «Venetsiya»ni mag‘lub etdi

O‘zbekistonlik futbolchi o‘yinning eng oxirida maydonga tushdi, biroq o‘zini ko‘rsatishga ulgurmadi
Foto: «Roma»

«Roma» Italiya A seriyasining 24-turida «Venetsiya»ni mag‘lub etdi. Yagona gol 57-daqiqada argentinalik Paulo Dibala tomonidan penaltidan kiritildi.

«Roma» hujumchisi Eldor Shomurodov o‘yinning katta qismini zaxirada o‘tkazdi va faqat 92-daqiqada maydonga tushdi. U Artem Dovbikni almashtirdi, ammo hech narsa qilishga ulgurmadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Shomurodov «Ayntraxt» darvozasini ishg‘ol qilgani haqida xabar bergan edi.