![](https://cdn-uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2025/02/image-291.png)
Xiaomi kompaniyasi Redmi va Poco seriyasiga mansub to‘qqizta smartfon modeli uchun dasturiy ta’minot yangilanishlarini to‘xtatdi. Endilikda ushbu qurilmalar na operatsion tizim, na xavfsizlik yangilanishlarini qabul qiladi. Bu haqda Ithome nashri ma’lum qildi.
Xiaomi Mahsulot xavfsizligi markazi tomonidan e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, ro‘yxatga Xiaomi Civi, Xiaomi 12X, Redmi Note 10 JE, Redmi Note 10S, Redmi Note 10 Lite, Redmi Note 11T 5G, Poco C31, Poco X3 GT va Poco M4 Pro 5G modellarining kiritilgani ma’lum bo‘ldi.
Kompaniya har yili eski modellarni dasturiy qo‘llab-quvvatlashdan chiqarib, yangi smartfonlar uchun resurslarni jamlashga harakat qiladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Xiaomi fevral oxirida ikkita Ultra modelini rasman taqdim etishi haqida xabar bergan edi.