Yangiliklar

10-fevral kuni ob-havo 5-10°C iliq bo‘ladi

Asosan, havo bulutli bo‘ladi
Foto: Pexels.com

Bugun ba’zi viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor. Bu haqda «O‘zgidromet» agentligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘lib, kechqurun yomg‘ir yoki qor yog‘ishi mumkin. Shamol g‘arbdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-2°C, kunduzi 3-5°C iliq.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo bulutli bo‘lib, qor yog‘ishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10°C sovuq, kunduzi 3°C sovuqdan 2°C iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Sirdaryo, Jizzax viloyatlarida ham yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin, shamol tezligi 7-12 m/s, ba’zi joylarda 15-20 m/s ga yetishi mumkin. Harorat kechasi 2°C sovuqdan 3°C iliq, kunduzi 0-5°C iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo bulutli, yog‘ingarchilik kutilmoqda. Harorat kechasi 3°C sovuqdan 2°C iliq, kunduzi 0-5°C iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida shamol tezligi 7-12 m/s. Harorat kechasi 3°C sovuqdan 2°C iliq, kunduzi 5-10°C iliq bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda qor yog‘ishi mumkin, Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor. Harorat kechasi 5-10°C sovuq, kunduzi 3°C sovuqdan 2°C iliq bo‘ladi.