
Shimoliy Angliyadagi Wooler shahrida bolalar o‘yin maydonchasida Ikkinchi jahon urushidan qolgan portlamagan bombalar topildi. Bu haqda CNN axborot agentligi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, Scotts Play Parkda amalga oshirilayotgan ta’mirlash ishlari paytida ishchilar o‘q-dorilarni aniqlashdi. Britaniya Armiyasi dastlab ikkita bombani olib tashladi, keyinchalik esa Brimstone Site Investigation kompaniyasi 65 dona bomba va tutun kartushkalarini topdi. Sal keyinroq esa yana 90 dona bomba olingan.
Kengashga ko‘ra, barcha bombalar olib tashlanishi kerak, shunda park qayta ochilishi mumkin bo‘ladi. Bu voqea Angliyada portlatilmagan o‘q-dorilarni topish holatining yana bir misoli bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Polshadagi maktabda Ikkinchi jahon urushi davrida portlamay qolgan bomba topilgan edi.