Buxoroda magistral gaz quvurida yong‘in sodir bo‘ldi

eʼlon qilindi
Tan jarohati olganlar yo‘q
Foto: Ale_me / www.depositphotos.com

10-fevral kuni Buxoro viloyati hududidan o‘tgan, diametri 1020 mm bo‘lgan magistral gaz quvurida gaz sizib chiqishi oqibatida yong‘in yuzaga keldi. Bu haqda Energetika vazirligi ma’lum qildi.

«Hozirda holatni bartaraf etish bo‘yicha barcha zaruriy choralar ko‘rilmoqda. Yong‘in natijasida hech kim jabrlanmagan va tan jarohati olganlar yo‘q», – deb xabar berildi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toshkentda tikuvchilik korxonasida yongʻin yuz bergani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek