
«Afrosiyob» yuqori tezlikdagi elektropoyezdi Toshkent – Buxoro – Toshkent yo‘nalishida Kattaqo‘rg‘on bekatida to‘xtab o‘tishni boshladi. Bu haqda Transport vazirligi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, mazkur yangilik Kattaqo‘rg‘on aholisiga qulaylik yaratadi va poyezd qatnovining tezligini oshiradi. Bekatda ilk yo‘lovchilar tantanali tarzda kutib olindi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Afrosiyob» poyezdlari Xivaga qatnovni boshlagani haqidagi xabarlar rad etilgan edi.