![](https://cdn-uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2024/11/pexels-nc-farm-bureau-mark-13924871-1024x683.jpg)
Raqobat qoʻmitasi «Hayot birja» AJga tovar-xomashyo birjasi faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya taqdim etgani haqida xabar berdi.
Qoʻmita mazkur litsenziyani Oʻzbekiston Respublikasining «Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida»gi qonuniga muvofiq taqdim etgan. Ariza belgilangan tartibda koʻrib chiqilib, sohaning litsenziyalash talab va shartlariga javob berishi asosida ijobiy qaror qabul qilindi.
Shu tariqa «Hayot birja» AJ rasman tovar-xomashyo birjasi faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega boʻldi.
Ma’lumot uchun, «Hayot Birja» AJ 2019-yil sentabrda tashkil etilgan. Kompaniyaning ustav kapitali 102 mlrd so‘mni tashkil etadi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan birja orqali oltin savdosi Oʻzbekistonda ikki baravarga ortgani haqida xabar bergan edi.