![](https://cdn-uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2025/02/image-301-1024x682.png)
Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) O‘zbekistonda «Sanoat kadrlarini tayyorlash» loyihasini amalga oshiradi. Bu haqda Bandlik vazirligi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, loyihaning amalga oshirilishi uchun 2026 – 2032-yillarga mo‘ljallangan kelishuvga erishildi.
Loyihada Sanoat kadrlarini tayyorlash markazini tashkil etish va Toshkent hamda Samarqand shaharlaridagi Kasbiy ko‘nikmalar mintaqaviy markazlarini modernizatsiya qilish ko‘zda tutilgan.
Mazkur markazlarni bitirgan fuqarolarimiz O‘zbekistondagi yirik sanoat korxonalari va Koreya Respublikasidagi korxonalarda ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladi.
KOICA tomonidan ushbu loyiha O‘zbekiston, Kambodja va Vyetnamda amalga oshirilishi rejalashtirilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Litva o‘zbekistonlik haydovchi va avtomexaniklarni ishga taklif qilgan edi.