![](https://cdn-uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2025/02/image-303-1024x620.png)
Namangan aeroportida tuman tufayli Centrum Air aviakompaniyasining MFX3338 reysi Farg‘onadagi muqobil aerodromga yo‘l olishga qaror qildi. Bu haqda Uzbekistan Airport ma’lum qildi.
Samolyot mahalliy vaqt bilan soat 7:53 da Farg‘onaga borib qo‘ndi.
Ma’lumot uchun, samolyot Madina – Namangan yo‘nalishi bo‘ylab parvoz qilayotgan edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Centrum Air samolyoti dvigatelida nosozlik aniqlangan edi.