Normativ-huquqiy hujjatlar ijrosi har yili majburiy monitoringdan o‘tkaziladi

eʼlon qilindi
Bu jarayon tegishli vazirlik va idoralar tomonidan amalga oshiriladi
Foto: Gorodenkoff / www.depsitphotos.com

Adliya vazirligi tomonidan «Normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini monitoringdan o‘tkazish uslubiyoti» davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Unga ko‘ra, fuqarolarning huquqlari va tadbirkorlik faoliyatiga ta’sir ko‘rsatuvchi qonun hujjatlari kuchga kirgandan so‘ng besh yil davomida, qonunosti hujjatlari esa uch yil davomida har yili monitoringdan o‘tkazilishi shart.

Bu jarayon tegishli vazirlik va idoralar tomonidan amalga oshiriladi. Monitoringning asosiy vazifasi hujjatlarning ijrosi natijalarini tahlil qilish va ularning samaradorligini baholashdir. Baholash mezonlari resurs, amaliyot va natijadorlik ko‘rsatkichlariga asoslanadi. Har yili 1-fevralgacha monitoring natijalari rasmiy veb-saytlarda e’lon qilinishi va «Ijro.gov.uz» tizimi orqali Adliya vazirligiga taqdim etilishi belgilangan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan mamlakatda davlat idoralari saytlari yagona platformaga oʻtkazilishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek