Yangiliklar

O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston transport qatnovida «E-Permit» tizimi joriy etiladi

2025-yilga mo‘ljallangan ruxsatnoma blankalarini ikki barobarga oshiriladi
Foto: Mintrans.uz

O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston transport vazirliklari o‘rtasida xalqaro avtomobil tashuvlarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Transport vazirligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, yig‘ilishda ikki mamlakat vakillari avtomobil transportidagi tashuvlar va milliy tashuvchilarga qulay sharoitlar yaratish muhimligini ta’kidladilar.

Tomonlar o‘rtasida xalqaro avtomobil tashuvlarining hozirgi holati va kelgusi rivojlanish istiqbollari muhokama qilindi. Yig‘ilishda 2025-yilga mo‘ljallangan ruxsatnoma blankalarini ikki barobarga oshirish hamda elektron «E-Permit» tizimi joriy etish masalalari muhokama qilindi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Koreya O‘zbekistonda sanoat kadrlarini tayyorlashga doir loyihani amalga oshirilishi haqida yozgan edik.