![](https://cdn-uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2025/01/frederick-warren-log_fqlho7s-unsplash-1024x576.jpg)
10-fevral kuni AQSh dollarining rasmiy kursi 14,93 soʻmga ortib, 12 971,93 soʻmni tashkil etdi. Bu haqda Markaziy bank axborot xizmati xabar berdi.
Mamlakatdagi tijorat banklari bir AQSh dollarini 12 895 – 12 960 soʻmdan sotib olayotgan boʻlsa, 12 960 – 13 035 soʻm oraligʻida sotmoqda.
Shu bilan birga, yevro 98,81 soʻmga tushib, 13 394,81 soʻmga yetdi. Rossiya rubli esa 0,43 soʻmga ortib, 133,86 soʻmga teng boʻldi.
Kursiv Uzbekistanʼga sharh bergan tahlilchilarning fikricha, yil oxirigacha AQSh dollari 13 700 – 13 800 soʻmga yetishi mumkin.