Yangiliklar

O‘zbekistonda kiyim ishlab chiqarish hajmi bir yilda 46 foizga oshdi

Bu haqda Statistika agentligi ma’lum qildi
Foto: AllaSerebrina / www.depositphotos.com

2024-yilning yanvar – dekabr oylarida O‘zbekistonda barcha materiallardan, jumladan, teri, to‘qimachilik gazlamalari va trikotaj gazlamalardan 33,8 trln so‘mlik kiyim-kechak va aksessuarlar ishlab chiqarildi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yildagiga nisbatan 46 foizga o‘sishni ko‘rsatmoqda. Bu haqda Statistika agentligi ma’lum qildi.

Statistikaga ko‘ra, 2020-yilda kiyim ishlab chiqarish hajmi 10,4 trln so‘mni tashkil qilgan bo‘lsa, 2021-yilda mazkur ko‘rsatkich 13,6 trln so‘mga, 2022-yilda 17,3 trln so‘mga, 2023-yilda esa 23,1 trln so‘mga yetgan. 2024-yilda esa bu sohada 33,8 trln so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilishi rekord darajada o‘sishga olib keldi.

Ishlab chiqarilgan kiyimlar orasida erkaklar, ayollar va bolalar uchun mo‘ljallangan turli ustki va ichki kiyimlar, sport kiyimlari hamda kundalik va ish kiyimlari mavjud.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Turkiy davlatlar Made in Turan brendini yo‘lga qo‘yishi haqida xabar bergan edi.