Sertifikatga ega oʻzbek tili oʻqituvchilariga 50 foiz ustama toʻlanadi
                    
                                                     eʼlon qilindi
                                            
                                    
                                    
                
                                    
                
                                    
                        Bu haqda Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova oʻzining Telegram kanalida maʼlum qildi
                    
                            
Maktablarda davlat tili fanini oʻqituvchi oʻqituvchilarga ham 50 foiz ustama toʻlanadi. Bu haqda Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova oʻzining Telegram kanalida maʼlum qildi.
Prezidentning «Oʻzbekiston – 2030» strategiyasini amalga oshirish boʻyicha davlat dasturi toʻgʻrisidagi farmoniga koʻra, 2025-yil 1-fevraldan boshlab maktablarda oʻzbek tili fani boʻyicha dars beradigan oʻqituvchilarga ustama toʻlanadi.
Bilim va malakalarni baholash agentligidan oʻzbek tili va adabiyoti boʻyicha milliy sertifikat olgan oʻqituvchilarga tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida qoʻshimcha toʻlov beriladi.
Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekistonda qoʻshimcha haq toʻlanadigan oʻqituvchilar roʻyxati tasdiqlangani haqida xabar bergan edi.
