Tramp Maxfiy xizmatdan unga qilingan suiqasdlarga oid ma’lumotlarni talab qilmoqda

AQSh prezidenti Donald Tramp Maxfiy xizmatdan unga qilingan suiqasdlarga oid barcha ma’lumotlarni taqdim etishni talab qilmoqda. Bu haqda New York Post gazetasi xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, Tramp hujumchilarga oid batafsil ma’lumotga ega bo‘lishni xohlamoqda. Ulardan biri nega bir nechta telefon ishlatgani, ikkinchisi esa xorijiy ilovalardan foydalangani shular jumlasidan. Uning ta’kidlashicha, bu ma’lumotlar uzoq vaqt davomida undan yashirilgan.
Eslatib oʻtamiz, Trampga 2024-yilning iyul va sentabr oylarida ikki marotaba suiqasd uyushtirilgan. 12-oktabr kuni u prezident qoʻriqchilari va harbiy samolyot talab qilgan hamda bu taklif Bayden tomonidan ma’qullangan. Keyinchalik Trampga yana bir bor suiqasd uyushtirilgani haqida ma’lumotlar paydo boʻldi.
Ushbu voqealar saylovoldi jarayonlarida katta muhokamalarga sabab boʻlib, xavfsizlik masalalariga alohida e’tibor qaratilishiga olib kelgan edi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Tramp Putinga qoʻngʻiroq qilib, Ukrainadagi urush boʻyicha muzokaralar oʻtkazgani haqida xabar bergan edi.