Tramp poʻlat va alyuminiyga yangi bojlar joriy qilmoqda

eʼlon qilindi
25 foiz
Foto: BBC News

AQSh prezidenti Donald Tramp poʻlat va alyuminiyning barcha importiga 25 foizlik bojlar joriy etilishini e’lon qildi, deb xabar bermoqda Reuters.

Tramp, shuningdek, shu hafta oxirida AQShdan importni soliqqa tortadigan barcha mamlakatlar uchun o‘zaro bojlar e’lon qilinishini aytdi.

Agentlik ma’lumotlariga koʻra, AQShga poʻlat yetkazib beruvchi eng yirik davlatlar Kanada, Braziliya, Meksika, Janubiy Koreya va Vyetnam hisoblanadi. Birlamchi alyuminiy segmentida Kanada yetakchilik qilmoqda, mamlakat 2024-yilda importning 79 foizini ta’minlagan.

Oʻtgan hafta Tramp Kanada va Meksikadan importga 25 foiz, Xitoydan esa 10 foiz boj toʻlash bilan tahdid qilgandi. Bunga javoban Pekin AQShning suyultirilgan gaz, koʻmir va qishloq xoʻjaligi texnikasiga tariflar joriy qildi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan sud Trampning USAID xodimlarini ma’muriy ta’tilga chiqarish rejasini toʻxtatgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek