Yangiliklar

11-fevral kuni havo harorati 7-12° iliq bo‘ladi

Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor
Foto: Pexels.com

Toshkentda havo biroz bulutli bo‘lib, vaqti-vaqti bilan qor yog‘ishi va tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-2° sovuq, kunduzi 1-3° iliq bo‘ladi, deya xabar qilmoqda «O‘zgidromet».

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘lib, ayrim joylarda qor yog‘ishi kutilyapti. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kunduzi 3-8° sovuq, kechasi 0-5° sovuq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘lib, ayrim joylarda qor yog‘ishi va tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kunduzi 3-8° sovuq, kechasi 0-5° sovuq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Sirdaryo, Jizzax viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘lib, vaqti-vaqti bilan qor yog‘ishi va tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘lib, ayrim joylarda qor yog‘ishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘lib, ayrim joylarda qor yog‘ishi va tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘lib, ba’zi joylarda qor yog‘ishi va tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kunduzi 7-12° sovuq, kechasi 0-5° sovuq bo‘ladi.