![](https://cdn-uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2025/02/image-371-1024x658.png)
Airbus aviatsiya startapi Chaise Longue bilan hamkorlikda ikki qavatli samolyot o‘rindiqlarini yaratish ustida ishlamoqda. Bu haqda CNN axborot agentli ma’lum qildi.
Bu yangi dizayn yo‘lovchilarga yuqori yoki pastki qatorda o‘rindiqlarni tanlash imkonini beradi, pastki darajadagi o‘rindiqlarda kengroq oyoq joyi mavjud bo‘ladi.
Chaise Longue dizayneri Alejandro Núñez Vicente, bu konseptning yo‘lovchilar va aviakompaniyalar uchun samolyot kabinasida joyni optimallashtirishga yordam berishini ta’kidlamoqda. Hozirda loyiha rivojlanish jarayonida bo‘lib, Airbusning qo‘llab-quvvatlashi bilan bu g‘oya amalga oshishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2025-yil uchun dunyoning eng yaxshi aviakompaniyalari e’lon qilingani haqida yozgan edik.