AQShning Oʻzbekistondagi elchixonasi chet elliklar uchun immigratsiya ishlarini toʻxtatdi

eʼlon qilindi
Diplomatik vakolatxona faqat cheklangan miqdordagi arizalarni ko‘rib chiqishini aytdi
посольство США в Узбекистане
Foto: Brandon Mowinkel / USA

AQShning Oʻzbekistondagi elchixonasi boshqa davlat fuqarolaridan immigratsiya arizalarini qabul qilishni toʻxtatdi, deb xabar bermoqda Amerika diplomatik vakolatxonasi.

Elchixona faqat shoshilinch tibbiy yoki boshqa favqulodda holatlar bilan bogʻliq cheklangan miqdordagi ishlarni koʻrib chiqishini ma’lum qildi. Biroq boshqa davlatlarda uzoq kutish AQShning Toshkentdagi elchixonasiga murojaat qilish uchun asos boʻla olmasligi ta’kidlandi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 2023-yil iyun oyidan boshlab oʻzbekistonliklar uchun AQSh vizalarini rasmiylashtirishning yangilangan tizimi ishga tushgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek