Endi seminar yoki kurs tashkil qilish uchun maxsus malaka talab etiladi

eʼlon qilindi
Bunday faoliyatlar hukumat qarori bilan tartibga solinadi
Foto: Generator

Hukumat qarori bilan «Ma’rifiy faoliyatni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom» tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, ma’rifiy faoliyat insonning shaxsiy, intellektual va ma’naviy rivojlanishi, ijodiy salohiyatini namoyon etish, shuningdek, ijtimoiy va iqtisodiy faoliyatini oshirishga qaratilgan faoliyat turidir. Bu faoliyat davlat ta’lim standartlari bilan qamrab olinmaydi.

Nizomda ma’rifiy faoliyatni amalga oshirishning tashkiliy-huquqiy shakl va talablari (ma’ruza, seminar, taqdimot, kurs, marafon va boshqalar) belgilandi. Shuningdek, 14 yoshdan kichik bolalarning ma’rifiy faoliyat tadbirlarida qatnashishi faqat ota-onaning yozma roziligi bilan amalga oshirilishi kerak.

Ma’rifiy faoliyatni yakka tartibda yoki yuridik shaxs sifatida olib borish mumkin. Bunda ma’rifiy faoliyat tinglovchilari uni amalga oshiruvchining ma’lumoti yoki malakasini so‘rash huquqiga ega bo‘ladilar.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq normativ-huquqiy hujjatlar ijrosi har yili majburiy monitoringdan o‘tkazilishi haqida yozgan edik.

Shuningdek