Lifestyle

«Humo» Qozogʻistonning «Gornyak» jamoasini qabul qiladi

Uchrashuv Pro Hokei Ligasy pley-off bosqichi doirasida bo‘lib o‘tadi
Хоккей, «Хумо»
Foto: soerli / Pixabay

Toshkentning «Humo» xokkey klubi Qozogʻistonning «Gornyak» xokkey klubiga qarshi bahs olib boradi.

Uchrashuv 18 – 20-fevral kunlari soat 19:30 da poytaxtdagi «Humo Arena»da Pro Hokei Ligasy pley-off bosqichi doirasida boʻlib oʻtadi. 11-fevral holatiga koʻra, «Humo» Pro Hokei Ligasyʼda uchinchi oʻrinni egallab turgan bo‘lsa, «Gornyak» oltinchi o‘rindan joy olgan.

Eslatib oʻtamiz, joriy yilning fevral oyi boshida «Humo» va Qozogʻistonning «Nomad» jamoalari kuch sinashgan edi.

Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekiston «Humo»dan sakkiz nafar rossiyalikni mahalliyshtirishni rejalashtirayotgani haqida yozgan edi.