Humo to‘lov tizimining foydasi bir yilda 47% ga o‘sdi

eʼlon qilindi
O‘tgan yili kompaniya 168,2 mlrd so‘m foyda olgan edi
Foto: Humo

2024-yil yakunlari bo‘yicha Humo to‘lov tizimining sof foydasi 168,2 mlrd so‘mni tashkil etdi. Yil davomida o‘sish 47,1% ni tashkil qildi. Bu kompaniyaning moliyaviy hisobotida ma’lum qilindi.

Hisobotga ko‘ra, Humo daromadi 44% ga oshib, 311,4 mlrd so‘mga yetdi. To‘lov tizimining aktivlari o‘tgan yili 65,4% ga oshib, 434,8 mlrd so‘mga yetgan. Kapital esa 369 mlrd so‘mni tashkil qilgan.

Kompaniyaning hisob raqamidagi naqd pul hajmi 2,5 barobar o‘sib, 233,5 mlrd so‘m.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning yanvarida Paynet Humo to‘lov tizimini $65 mlnga sotib oldi.

Shuningdek