
Ilon Mask sun’iy intellekt sohasida katta o‘zgarishlar qilish maqsadida OpenAI’ni $97.4 mlrdga sotib olishni taklif etdi. Bu haqda CNN axborot agentligi ma’lum qildi.
OpenAI ning asoschisi sifatida Mask kompaniya rahbariyati va CEO Sam Altman bilan uzoq vaqt davomida janjallashib kelgan. U OpenAI’ni xayriya tashkiloti sifatida taqdim etilayotganini tanqid qilib, kompaniya foyda olishni boshlagani uchun uni qoralagan.
OpenAI aslida notijorat tashkilot bo‘lsa-da, OpenAI LP nomli foyda keltiruvchi kompaniyani boshqaradi. Maskning investitsiyasi kompaniyaning ko‘pchilik ulushini qo‘lga kiritishga imkon berishi mumkin, bu esa uning X.AI sun’iy intellekt kompaniyasiga raqobatni kuchaytiradi.
Maskning taklifi OpenAI’ni avvalgi ochiq manba, xavfsizlikka yo‘naltirilgan xayriya kuchiga qaytarishni maqsad qilgan. Biroq Altman bu taklifni rad etib, «Twitter’ni $9.74 mlrdga sotib olishni» taklif qilgan. Mask esa 2018-yildan beri OpenAI bilan aloqalarini uzgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ilon Mask «Ozodlik radiosi» va «Amerika ovozi»ni moliyalashtirishni toʻxtatishni taklif qilgan edi.