![](https://cdn-uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2025/02/depositphotos_738488758_xl-1024x683.jpg)
Raqobat qo‘mitasi maishiy chiqindi tashish xizmatlari bo‘yicha iste’molchilardan kelib tushayotgan shikoyatlar asosida keng miqyosli o‘rganishlar va tahlil ishlari olib bormoqda.
Ushbu o‘rganishlar davomida Namangan viloyatining 10 ta hududida joylashgan MFYlarida xizmat ko‘rsatilgan 1,1 milliondan ortiq iste’molchilardan 18 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ asossiz hisoblangani ma’lum bo‘ldi.
Viloyatda faoliyat yuritayotgan «Namangan Musaffo Iqlim» MCHJ va «Toza Hudud» DUKlarining maishiy chiqindi tashish xizmatlari bo‘yicha qonunbuzarliklar ro‘y bergani aniqlangan.
Raqobat qo‘mitasi va Maxsus komissiya tomonidan bu holatga qat’iy qarshi chora-tadbirlar belgilandi. Xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlarga nisbatan tegishli huquqiy choralar qo‘llanilib, ortiqcha hisoblangan mablag‘lar qayta hisob-kitob qilinishi talab etildi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Farg‘ona viloyatidagi 13 ta MChJ jarimaga tortilgani haqida xabar bergan edi.