O‘zbekiston amputantlar terma jamoasi Osiyo chempionati finaliga chiqdi
eʼlon qilindi
Final bahsi Indoneziya bilan bo‘lib o‘tadi

O‘zbekiston amputantlar terma jamoasi Bangladeshda o‘tayotgan Osiyo chempionati finaliga chiqdi. Bu haqda Championat.asia sport nashri ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, 7-fevralda boshlangan musobaqada vakillarimiz Indoneziya (8:1), Nepal (13:0), Bangladesh (3:0) va Iroq (3:0) jamoalarini yirik hisoblar bilan yengib, finalga yo‘l oldi.
Ma’lumot uchun, final o‘yini 12-fevral kuni bo‘lib o‘tadi. Unda terma jamoamiz Indoneziyaga qarshi maydonga tushadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston futbol terma jamoasi Antalya Youth Cup musobaqasida Slovakiyaga mag‘lub bo‘lgan edi.