![](https://cdn-uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2025/02/image-359-1024x777.png)
O‘zbekiston amputantlar terma jamoasi Bangladeshda o‘tayotgan Osiyo chempionati finaliga chiqdi. Bu haqda Championat.asia sport nashri ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, 7-fevralda boshlangan musobaqada vakillarimiz Indoneziya (8:1), Nepal (13:0), Bangladesh (3:0) va Iroq (3:0) jamoalarini yirik hisoblar bilan yengib, finalga yo‘l oldi.
Ma’lumot uchun, final o‘yini 12-fevral kuni bo‘lib o‘tadi. Unda terma jamoamiz Indoneziyaga qarshi maydonga tushadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston futbol terma jamoasi Antalya Youth Cup musobaqasida Slovakiyaga mag‘lub bo‘lgan edi.