Yangiliklar

O‘zbekiston va Indoneziya diplomatik pasport egalari uchun viza rejimini bekor qildi

Diplomatik aloqalarni mustahkamlash maqsadida
Foto: TIV

O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saydov, Jakartaga tashrifi doirasida Indoneziya Tashqi ishlar vaziri Sugion bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zA ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, uchrashuvda ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, iqtisodiy diplomatiya va xalqlarni yaqinlashtirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, diplomatik pasport egalari uchun viza talablaridan ozod qilish haqidagi kelishuv imzolandi. Bu ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashga yangi imkoniyatlar yaratadi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston va Indoneziya diplomatik aloqalarni 1992-yilda o‘rnatgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Oʻzbekiston va Somali oʻrtasida diplomatik aloqalar yoʻlga qoʻyilgan edi.