![](https://cdn-uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2025/02/image-338.png)
Tailandning Pxitsanulok shahrida velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha Osiyo chempionati davom etmoqda. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi ayni paytgacha uchta oltin va bitta bronza medallarini qo‘lga kiritdi. Oltin medallarni U18 yoshlar toifasidagi aralash estafeta, Samira Ismoilova (U18, individual vaqt poygasi) va Yanina Kuskova (kattalar, individual vaqt poygasi) qo‘lga kiritdi. U23 toifasidagi Asal Rizayeva esa bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Chempionat hali davom etmoqda va jamoamizning muvaffaqiyatli yurishiga umid qilamiz.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonning «Xarbin – 2025» Osiyo o‘yinlarida ishtirok etadigan tarkibi e’lon qilingan edi.