Dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi
eʼlon qilindi
8,06 so‘mga oshdi

11-fevral kuni AQSh dollarining rasmiy kursi 8,06 soʻmga ortib, 12 979,99 soʻmni tashkil etdi. Bu haqda Markaziy bank axborot xizmati xabar berdi.
Mamlakatdagi tijorat banklari bir AQSh dollarini 12 910– 12 960 soʻmdan sotib olayotgan boʻlsa, 12 960 – 13 040 soʻm oraligʻida sotmoqda.
Shu bilan birga, yevro 2,06 soʻmga tushib, 13 392,75 soʻmga yetdi. Rossiya rubli esa 1,48 soʻmga ortib, 135,34 soʻmga teng boʻldi.
Kursiv Uzbekistanʼga sharh bergan tahlilchilarning fikricha, yil oxirigacha AQSh dollari 13 700 – 13 800 soʻmga yetishi mumkin.