Investitsiyalar

Oʻzbekistondagi eng yirik broker kompaniyalar orasida kim yetakchilik qilmoqda

Joriy yilning yanvar oyi uchun ma’lumotlar "Toshkent" RFB tomonidan taqdim etildi
брокеры Узбекистана
Foto: Monsit / Depositphotos

Alkes Research va Kapital-Depozit 2025-yil yanvar oyida bitimlar soni boʻyicha Oʻzbekistonning yetakchi brokerlari qatoridan joy oldi. Bu haqda «Toshkent» Respublika fond birjasi (RFB) xabar berdi.

Oy davomida ushbu kompaniyalar mijozlari mos ravishda 35,8 ming va 30,9 mingta bitim amalga oshirdi. Oʻtgan yil dekabriga nisbatan Alkes Research orqali tuzilgan bitimlar soni 33,4 foizga, Kapital-Depozit boʻyicha esa deyarli sakkiz baravar oshdi.

Shuningdek, Portfolio Investment (7,4 mingta), Freedom Finance (5,4 mingta), Dalal Standaryo (2,6 mingta) kompaniyalari bitimlar soni boʻyicha kuchli beshlikka kirdi.

Joriy yil yanvar oyida bitimlar hajmi boʻyicha esa Mulk-Sarmoya Brokerlik depozitariysi va 2024-yil may oyida litsenziya olgan TAT-Reestr kompaniyasi yetakchilik qildi. Ushbu ikki firmaning aylanmasi bir oyda mos ravishda 8,8 milliard va 8,2 milliard soʻmni tashkil etdi.

Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekiston fond bozori uchun fevral oyining birinchi haftasi qanday yakunlangani haqida yozgan edi.