Yangiliklar

Qozogʻistonda yoʻlda qolib ketgan Oʻzbekiston fuqarolari qutqarildi

24 nafar yoʻlovchi
Foto: videodan kadr

Qozogʻistonning Qostanay viloyatida yoʻlda qolib ketgan Oʻzbekiston va Tojikiston fuqarolari qutqarildi, deb xabar bermoqda Qozogʻiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi.

11-fevral kuni tongda viloyatning 112-dispetcherlik xizmatiga Adayevka qishlogʻidan 30 km uzoqlikda yoʻlovchilari boʻlgan mikroavtobus nosozlik sababli toʻxtab qolgani haqida maʼlumot kelib tushgan.

Qutqaruv xizmatlari zudlik bilan voqea joyiga yetib borib, 24 nafar yoʻlovchini, jumladan, 4 nafar bolani eng yaqin isinish joyiga evakuatsiya qildi. Mikroavtobus ham aholi yashash punktiga yetkazildi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Qozogʻistondan Oʻzbekistonga olib kelinayotgan 43 vagon kartoshka chegarada chirib ketgani haqida xabar bergan edi.