Saratonga qarshi kurashishning yangi usuli topildi
![](https://cdn-uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2025/02/depositphotos_143126977_xl-1024x683.jpg)
Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati ma’lum qilishicha, AQSHning Kaliforniya universiteti olimlari saraton o‘smalarini sekinlashtirishning yangi usulini ishlab chiqdi.
Ushbu usulda inson tanasidan ajratib o‘lingan yog‘ hujayralariga laboratoriya sharoitida ishlov berilib, ular saraton o‘smalari joylashgan a’zolarga yuboriladi. Natijada genetik jihatdan o‘zgartirilgan hujayralar tanadagi 5 turdagi saraton o‘smalari bilan kurashishni boshlaydi.
Tadqiqotchilar yangi usulni jonivorlarda sinovdan o‘tkazishdi va natijada yog‘ hujayralarining oshqozon osti, prostata va ko‘krak bezi saratoni kabi xavfli o‘smalarni muvaffaqiyatli yo‘q qilgani tasdiqlandi.
«Bu hujayralarni muolaja jarayonida qoʻllash qulay. Qolaversa, ularni nojoʻya ta’sirlarsiz ajratib olish, oʻzgartirish va qayta tiklash oson», – deydi tadqiqot guruhi rahbari Nadav Ahituv.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan alkogol saraton xavfini oshirishi haqida xabar bergan edi.