Yangiliklar

Shavkat Mirziyoyev Rossiya delegatsiyasini qabul qildi

Unda savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
Foto: President.uz

Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi prezidenti administratsiyasi rahbarining o‘rinbosari Maksim Oreshkin boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, uchrashuv boshidanoq Oreshkin Rossiya prezidenti Vladimir Putinning salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi.

O‘tgan yil may oyidagi davlat tashrifi va boshqa oliy darajadagi uchrashuvlar davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, sanoat kooperatsiyasi, elektron tijorat, suv xo‘jaligi, oliy ta’lim, sun’iy intellekt va madaniy almashinuv kabi sohalarda amaliy hamkorlikni kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq prezident energiya ehtiyojlarini ta’minlash uchun atom energetikasidan foydalanish bo‘yicha topshiriq bergan edi.