Banklar va moliya

Oʻzbekiston aholisi inflyatsiyani 14,4 foiz darajasida kutmoqda – asosiy omillar nima

Ko‘rsatkich 2024-yil dekabr oyidan beri o‘zgarmagan
Инфляция в Узбекистане
Foto: YAY-Images / Depositphotos

2025-yil yanvar oyida Oʻzbekiston aholisining inflyatsion kutilmalari avvalgi oy darajasida saqlanib qoldi. Markaziy bank tomonidan oʻtkazilgan soʻrovnoma natijalariga koʻra, respondentlar kelgusi 12 oy ichida narxlarning 14,4 foiz darajada bo‘linishini taxmin qilmoqda.

Narxlarning oshishiga ta’sir etuvchi asosiy omillar sifatida aholi kommunal xizmatlar, yonilgʻi va elektr energiyasi narxining koʻtarilishi, shuningdek, valyuta kurslarining oʻzgarishini ta’kidlamoqda.

Eng yuqori inflyatsiya darajasi Toshkent, Buxoro va Andijon viloyatlarida kutilmoqda. Ushbu hududlarda narxlar yil davomida 15,5 – 15,7 foizga oshishi mumkin. Surxondaryo, Navoiy va Jizzax viloyatlarida inflyatsiya darajasi nisbatan past boʻlib, 12,5 – 13,3 foiz atrofida boʻlishi prognoz qilinmoqda.

Shuningdek, oylik daromadi 15 million soʻmdan yuqori boʻlgan respondentlar inflyatsiya darajasini 18,2 foizgacha yetishini taxmin qilmoqda.

Tadbirkorlarning oʻrtacha inflyatsion kutilmalari oy davomida 1 foizga pasayib, 12,9 foiz darajasida shakllangan. Ular ham inflyatsiyaning asosiy omillari sifatida kommunal xarajatlarning oshishi, yonilgʻi narxining koʻtarilishi va valyuta kurslarining oʻzgarishini qayd etgan.

Narxlarning eng yuqori oʻsishi tijorat ta’lim muassasalari, sayyohlik firmalari va madaniyat muassasalari egalari tomonidan prognoz qilinmoqda.

Hududlar kesimida eng yuqori inflyatsion kutilmalar Toshkent shahri, Samarqand va Sirdaryo viloyatlari tadbirkorlari orasida kuzatilgan boʻlib, bu hududlarda inflyatsiya darajasi yil davomida 13,8 – 16,2 foiz atrofida boʻlishi kutilmoqda. Eng past inflyatsion kutilmalar esa Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Andijon va Surxondaryo viloyatlaridagi tadbirkorlar orasida (10,8 – 11,5 foiz) qayd etilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan dunyo boʻylab oziq-ovqat narxlari bir yil ichida oʻrtacha 6,2 foizga oshgani haqida xabar bergan edi.