Yoqilg‘i va energiya talon-torojiga qarshi kurash bo‘yicha prezident yangi tartibni joriy qildi

eʼlon qilindi
Nazorat yanada kuchaytirilmoqda
Foto: Vchalup2 / www.depositphotos.com

Prezident farmoni asosida yoqilg‘i va energiya resurslaridan noqonuniy foydalanishga qarshi kurashish tizimi takomillashtirish belgilandi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

Eng muhim yangiliklardan biri – O‘zenergoinspeksiya xodimlari istalgan vaqtda korxonalarda tekshiruv o‘tkazishi va bu jarayonni «Yagona davlat nazorati» tizimiga 24 soat ichida kiritishi shart bo‘ladi.

Yangi tartibga ko‘ra, yoqilg‘i qazib olishdan tortib, uni tashish, saqlash, sotish va iste’mol qilishgacha bo‘lgan barcha jarayonlar qat’iy nazorat ostida bo‘ladi. Shu tariqa noqonuniy qazib olish, sifatsiz mahsulot realizatsiyasi va yashirin xaridlarning oldi olinadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan qariyb 18 milliard so‘mlik elektr energiyasi talon-toroj qilingani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek