10 million hindistonlik muqaddas suvda cho‘milish uchun bir joyga to‘plandi

Hindistonda o‘tkazilayotgan Mela Kumbh festivalining eng muqaddas kunlaridan biri bo‘lgan chorshanba kuni, 10 milliondan ortiq hindular muqaddas suvda cho‘mildilar. Bu haqda Reuters axborot nashri ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, festival Prayagraj shahrida, Hindistonning uchta muqaddas daryosining birlashgan joyida o‘tkazildi. Festival davomida xavfsizlikni ta’minlash uchun ko‘plab politsiya xodimlari va tibbiy yordam vertolyotlari tayyor holatda turdi.

Bu yilgi festivalda transport tirbandliklari va kechikishlar sodir bo‘lishi kutilmoqda, chunki odamlar soni juda ko‘p. Shunga qaramay ayni kunlardagi festivalga tashrif buyuruvchilar soni ochib bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Hindistonda diniy festivaldagi tiqilinch 30 dan ortiq kishilarning umriga zomin bo‘lgan edi.