12-fevralda O‘zbekistonda havo biroz bulutli bo‘lib, ayrim hududlarda qor yog‘ishi va tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan turli tezliklarda esadi. Harorat kechasi 0-12° sovuq, kunduzi esa 0-10° iliq bo‘ladi, deya xabar qilmoqda «O‘zgidromet».
Unga ko‘ra, Toshkentda havo biroz bulutli bo‘lib, yomg‘ir yoki qor yog‘ishi mumkin. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Kechasi 0-2° sovuq, kunduzi 3-5° iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo bulutli bo‘lib, qor yog‘ishi ehtimoli bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8° sovuq, kunduzi esa 3° sovuq-2° iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo bulutli bo‘lib, tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7° sovuq, kunduzi esa 2-7° iliq bo‘ladi.
Samarqand, Sirdaryo, Jizzax va boshqa viloyatlarda havo biroz bulutli bo‘lib, qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik kutilmoqda. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi, lekin tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 5-10° iliq bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda esa qor yog‘adi, tuman tushishi va qor ko‘chishi xavfi mavjud. Harorat kechasi 7-12° sovuq, kunduzi esa 0-5° sovuq bo‘ladi.