Yangiliklar

2024-yilda Oʻzbekistonda qancha odam qamalgani ochiqlandi

21 ming nafariga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan
Foto: Mirroni / depositphotos.com

Oliy sud ma’lumotlariga koʻra, 2024-yilda Oʻzbekistonda deyarli 78 nafar shaxsga nisbatan 61 ta jinoyat ishi koʻrib chiqilgan. Shundan 723 nafar shaxs oqlanib, reabilitatsiya qilingan.

61,5 ming nafar shaxs sudlangan, ulardan:

  • 21 ming nafariga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan;
  • 39 ming nafariga boshqa turdagi jazolar belgilangan;
  • 1 ming nafariga shartli hukm chiqarilgan.

Sudlanganlar orasida:

  • 54 ming nafari erkaklar,
  • 7,1 ming nafari ayollar,
  • 22 ming nafari yoshlar (shundan 2,2 ming nafari voyaga yetmaganlar),
  • 2,6 ming nafari 60 yoshdan oshganlar.

Jinoyatlarning koʻp qismi firibgarlik, transport vositalari xavfsizligi qoidalarini buzish, oʻgʻrilik, giyohvand moddalarni noqonuniy saqlash, oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilish, hujjatlarni qalbakilashtirish, badanga shikast yetkazish, bezorilik va boshqa jinoyatlarga toʻgʻri keladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Qirgʻiziston va Oʻzbekiston mahkumlarni oʻzaro topshirishga kelishib olgani haqida xabar bergan edi.