Yangiliklar

Alisher Qodirov Rossiya mehnat bozorini o‘zbekistonliklar uchun befoyda va xavfli deb atadi

Buning o‘rniga ingliz, nemis va yapon tillarini o‘rganishni tavsiya qildi
Foto: Irinabal18 / www.depositphotos.com

Rossiyada ishlash O‘zbekiston fuqarolari uchun o‘z jozibadorligini tobora yo‘qotib bormoqda, deb ta’kidladi «Milliy tiklanish» partiyasi raisi Alisher Qodirov o‘z Telegram sahifasida joylagan postida.

Qodirovning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya bozori O‘zbekiston fuqarolari uchun qulay emas, foydasiz va o‘ta xavfli bo‘lib bormoqda. Uning fikricha, bu Rossiyada diskriminatsion qonunlar qabul qilinishi sababli ro‘y bermoqda.

Shuningdek, Qodirov vatandoshlarini ingliz, nemis va yapon tillarini o‘rganishga chaqirdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qodirov gaz iste’molini kamaytirib, iste’molni elektrlashtirish kerakligi haqida so‘zlagan edi.