Chery Tiggo 5x Excellence Edition sotuvga chiqarildi
![](https://cdn-uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2025/02/image-406.png)
Xitoyda yangi Chery Tiggo 5x Excellence Edition krossoveri sotuvga chiqdi. Bu haqda ITHome nashri ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, ushbu model 1,5 litrli 120 ot kuchiga ega benzinli dvigatel bilan jihozlangan bo‘lib, variator transmisiyasi bilan ishlaydi. Mashinaning narxi $9,3 mingni tashkil qilsa-da, dastlabki xaridorlar uchun narx 8,3 ming dollarga tushirilgan.
![](https://cdn-uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2025/02/image-407.png)
Tiggo 5x Excellence Edition o‘zining 4358 x 1830 x 1670 mm o‘lchamlari va 2630 mm g‘ildirak bazasi bilan Hyundai Creta bilan taqqoslanadi. Avtomobilda 17 dyuymli g‘ildiraklar, 10 dyuymli media tizimi, 8 dyuymli iqlim boshqaruvi uchun sensorli displey va orqa ko‘rinish kamerasining mavjudligi ham ta’minlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Chery Oʻzbekiston bozori uchun Tiggo 2 Pro avtomobilini taqdim etgan edi.