Yangiliklar

Dollarning rasmiy kursi ketma-ket uchinchi kun ko‘tarildi

9,08 so‘mga ortdi
Фото: Pixabay

12-fevral kuni AQSh dollarining rasmiy kursi 9,08 soʻmga ortib, 12 987,07 soʻmni tashkil etdi. Bu haqda Markaziy bank axborot xizmati xabar berdi.

Mamlakatdagi tijorat banklari bir AQSh dollarini 12 920 – 12 965 soʻmdan sotib olayotgan boʻlsa, 12 980 – 13 050 soʻm oraligʻida sotmoqda.

Shu bilan birga, yevro 82,11 soʻmga ortib, 13 474,86 soʻmga yetdi. Rossiya rubli esa 2,83 soʻmga ortib, 138,17 soʻmga teng boʻldi.

Kursiv Uzbekistanʼga sharh bergan tahlilchilarning fikricha, yil oxirigacha AQSh dollari 13 700 – 13 800 soʻmga yetishi mumkin.