Yangiliklar

Italiya politsiyasi Sitsiliya mafiyasiga qarshi operatsiya davomida 130 kishini hibsga oldi

Ular «Cosa Nostra» mafiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan
Foto: Carabinieri Police/Reuters

Italiya politsiyasi Palermo shahrida o‘tkazilgan keng qamrovli operatsiyada 130 nafarga yaqin shaxsni hibsga oldi. Bu haqda CNN axborot agentligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, ular giyohvandlik moddalari savdosi, qotillikka urinish, extortsion va noqonuniy qurol saqlash kabi jinoyatlarda ayblanmoqda. Hibsga olinganlar «Cosa Nostra» mafiyasi bilan bog‘liq bo‘lib, bu guruhning o‘z faoliyatini qayta tiklayotgani aniqlandi.

Shuningdek, yoshlarni mafia ishlariga jalb qilish uchun o‘rgatish holatlari ham qayd etildi. Italiya bosh vaziri Jorjiya Meloni bu hibsga olishlarni mafiyaga qarshi kurashda katta qadam sifatida baholadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Italiya G‘azo tinch aholisiga 15 tonna gumanitar yordam yuborgan edi.