![](https://cdn-uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2025/02/image-387.png)
O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudida Komil Allamjonovga qarshi uyushtirilgan suiqasd bo‘yicha jinoyat ishi yuzasidan sud jarayoni yakunlandi. Natijada 10 nafar ayblanuvchiga hukm o‘qildi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Abidov ma’lum qildi.
Hukmga muvofiq Shuhrat Rasulovga 23 yil, Javlon Yunusovga 18 yil 6 oy, Shoxrux Ahmedovga 23 yil, Ismoil Jahongirovga 23 yil va Doniyor Toshxo‘jayevga 7 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Qolgan 5 nafar shaxsga qilmishiga muvofiq, turli muddatlarda qamoq jazosi tayinlandi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Komil Allamjonovga uyushtirilgan suiqasd boʻyicha 5 nafar shaxs hibsga olingani haqida xabar bergan edi.