![](https://cdn-uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2025/02/image-379-1024x576.png)
NASA Boeing Starliner’ning birinchi ekipajli parvozida ishtirok etgan Butch Wilmore va Suni Williamsni kutilganidan ikki hafta avval uyga olib kelishni rejalashtirmoqda. Bu haqda CNN axborot nashri ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, astronavtlar Starliner kosmik kemasining dastlabki sinov parvozi davomida yuzaga kelgan geliy sizib chiqishi va propulsion tizimida muammolar tufayli kosmik stansiyada uzoqroq vaqt qolishga majbur bo‘ldilar. NASA Starliner’ni ekipaj bilan qaytarishni xavfli deb topgan va shu sababli ularni qaytarish rejasini o‘zgartirdi.
![](https://cdn-uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2025/02/image-375-1024x572.png)
Shuningdek, SpaceX Crew-9 missiyasi va Crew Dragon Endurance kapsulasi yordamida Williams va Wilmore’ni xavfsiz tarzda Yerga qaytaradi. Crew-10 missiyasi esa yangi astronavtlar jamoasini kosmik stansiyaga olib boradi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq NASA DeepSeek sun’iy intellektidan foydalanishni taqiqlagan edi.