![](https://cdn-uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2025/02/image-402.png)
Oʻzbekiston Rossiya Federatsiyasi bilan kino ishlab chiqarish sohasida hamkorlik qiladi. Bu haqda 12-fevral kuni prezidentning «Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida»gi qarori qabul qilindi.
Qarorga koʻra, Oʻzbekiston va Rossiya Federatsiyasi Hukumatlari oʻrtasida birgalikda kino ishlab chiqarish sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisidagi shartnoma tasdiqlandi.
Madaniyat vazirligi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas’ul boʻlgan vakolatli organ etib belgilandi.
Shuningdek, Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin uning qoidalari amalga oshirilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni ta’minlaydi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Pandemiya» filmi premyerasi namoyish etilgani haqida xabar bergan edi.