Yangiliklar

Oʻzbekistonda mikromoliya banklarini tashkil etishga ruxsat beriladi

Bu mikromoliya tashkilotlari uchun qo‘shimcha moliyaviy resurslar yaratadi
Foto: albund / depositphotos.com

Oʻzbekistonda mikromoliya banklarini tashkil etishga ruxsat beriladi. Bu haqda 11-fevral kuni tegishli qonun qabul qilindi.

Qonun mikromoliya tashkilotlari va tijorat banklari oʻrtasida ularni bogʻlovchi «zanjir»ni shakllantirish, shuningdek, mikromoliya tashkilotlari uchun qoʻshimcha moliyaviy resurslar, shu jumladan, depozitlar jalb etish imkoniyati yaratiladi.

Bank xizmatlarini ruxsat etilgan shartlar asosida koʻrsatishga vakolatli boʻlgan mikromoliya banki instituti joriy etiladi.

Shuningdek, qonun bilan mikromoliya tashkilotlarini mikromoliya banklariga va mikromoliya banklarini tijorat banklariga hamda aksincha transformatsiya qilish uchun huquqiy asos yaratilmoqda.

«Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida»gi Qonunga kiritilgan qoʻshimchaga koʻra, quyidagi kredit tashkilotlari oʻz faoliyatini oʻzgartirishi mumkin:

  • Mikromoliya tashkiloti – mikromoliya banki faoliyatiga;
  • Mikromoliya banki – tijorat banki faoliyatiga;
  • Tijorat banki – mikromoliya banki faoliyatiga;
  • Mikromoliya banki – mikromoliya tashkiloti faoliyatiga.

Shuningdek, «Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida»gi Qonunga muvofiq, mikromoliya banki faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya Oʻzbekiston Markaziy banki tomonidan beriladi.

Avvalroq kursiv Uzbekistan Markaziy bank qarori bilan ikki mikromoliya tashkiloti ro‘yxatga olingani haqida xabar bergan edi.