Saida Mirziyoyeva AQShning O‘zbekistondagi elchisi bilan uchrashdi
eʼlon qilindi
AQShning yangi ma’muriyati bilan hamkorlik masalalari ko‘rib chiqildi
![](https://cdn-uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2025/02/image-414-1024x683.png)
Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva AQShning O‘zbekistondagi elchisi Jonatan Xenik bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda o‘z Telegram sahifasida ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, suhbat davomida tez o‘zgarayotgan global voqeliklar kontekstida AQShning yangi ma’muriyati bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, ayollar uchun imkoniyatlarni kengaytirish, ta’lim sohasini yaxshilash va ikki tomonlama savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash bo‘yicha fikr almashildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mirziyoyeva O‘zbekistonda olimlarning 48% ini ayollar tashkil etishi haqida so‘zlagan edi.