TBC Uzbekistan’ning sof foydasi 2024-yilda 91% ga oshdi

eʼlon qilindi
Bankning mijozlar bazasi 18,4 mln foydalanuvchiga yetdi
Foto: TBC

TBC Uzbekistan 2024-yil uchun o‘zining moliyaviy natijalarini e’lon qildi. Bank kredit portfelini 112% ga oshirib, 8,07 trln so‘mga yetkazdi, sof foyda esa 91% ga o‘sib, 514 mlrd so‘mni tashkil etdi. Bu haqda TBC Bank Kursiv Uzbekistan’ga ma’lum qildi.

TBC Uzbekistan’ning raqamli banking ekotizimi London fond birjasida savdoga qo‘yilgan TBC Bank Group PLC tarkibiga kiradi. O‘tgan yil bank tarixida rekord yillardan biri bo‘ldi. Bank umumiy operatsion daromadini 1,9 trln so‘mgacha oshirdi (108% o‘sish) va TBC Bank Group umumiy operatsion daromadining 15% ulushini egalladi.

2024-yilda bankning mijozlar bazasi 18,4 mln foydalanuvchiga yetdi (o‘tgan yilga nisbatan 37% o‘sish), faol foydalanuvchilar soni esa 5,9 mln.ga yetdi. Kredit portfeli 8,07 trillion so‘mga yetib, 112% ga oshdi. Bankning ta’minlanmagan iste’mol kreditlari bozoridagi ulushi 16,4% ga yetdi (2023-yilda 13,9%).

Bank jismoniy shaxslarning omonatlari hajmini ham 4,8 trln so‘mga yetkazdi, bu 82% ga o‘sishni anglatadi. Bu O‘zbekistondagi bunday depozitlar umumiy hajmining 3,6% ini tashkil qiladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan TBC Bank Uzbekistan $37 million sarmoya jalb qilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek